Habibning otasi komaga tushib qoldi
Sport
−
14 may 2020
13502UFCʼning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedovning otasi va murabbiyi Abdulmannap Nurmuhamedov Moskva shifoxonasida og‘ir ahvolda. Bu haqda sports.ru nashri xabar qildi.
“Abdulmannapning ahvoli juda yomon. Hozir komada. Dog‘istonda uni noto‘g‘ri davolashgan. Katta Nurmuhamedov Moskvaga samolyotda olib kelingan. Hozir bemor harbiy shifoxonada. Uning oldiga qarindoshlari kiritilmayapti“, deyiladi xabarda.
Avvalroq, katta Nurmuhamedov Maxachkaladagi pnevmoniya shifoxonasiga yotqizilganligi ma’lum bo‘lgandi. Keyinchalik uni maxsus reysda Moskvaga olib kelishgan.
LiveBarchasi