Habibning menejerida koronavirus aniqlandi
Sport
−
24 Oktabr 2020
6281
UFC chempioni Habib Nurmuhamedovning menejeri Ali Abdel-Aziz koronavirusga chalingan. Bu haqda uning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qilgan.
"Do‘stlar va hamkasblar, bu hafta menda COVID-19 aniqlandi va men shifoxonada davolanyapman. Men bilan aloqada bo‘lgan barcha zarur choralarni ko‘rishi uchun bu haqda sizga xabar beryapman. Sizga katta rahmat. Ehtiyot bo‘ling", deb yozgan Abdel-Aziz.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu- Dabidagi "Janglar oroli" da UFC 254 musobaqasi o‘tkaziladi.Turnirning asosiy voqeasi Nurmuhamedov va Getji o‘rtasidagi jang bo‘lishi kutilmoqda. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli jang tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Habib professional faoliyati davomida 28 ta jang o‘tkazgan va hammasida g‘alabaga erishgan. Amerikalik esa 22 ta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyatga ega.
LiveBarchasi