Habib jang payti Jastin Getji bilan suhbatlashgani haqida gapirdi

Sport

image

Rossiyalik MMA jangchisi Habib Nurmuhamedov raqibi Jastin Getji bilan jang paytida qilgan psixologik hiyla haqida gapirdi. Sportchi “Lisiy Xinik” YouTube kanalida oktagonda raqibi bilan bo‘lgan suhbati haqidagi xotiralarini o‘rtoqlashdi.

Raqib bilan suhbatlashish g‘oyasi Habibda o‘tkazib yuborilgan bir nechta kuchli zarbalardan so‘ng paydo bo‘lgan. Avvaliga u: “Hammasi shumi?”, deb so‘ragan va Getji rossiyalikning bunday munosabatidan hayratda qolgan.

Keyin Nurmuhamedov raqibinining qorniga tepishga muvaffaq bo‘lgan va uning qattiq nafas olayotganini ko‘rib, undan aziyat chekayotganini xushyoqish bilan so‘ragan. Getji shoshilgancha, “hamma narsa joyida”, deb javob bergan.

 Habib o‘sha paytda u raqib allaqachon taslim bo‘lganini anglaganini qo‘shimcha qildi.

“Men ushbu jangda jismoniy holat bo‘yicha emas, balki psixologik jihatdan g‘alaba qozonganimga ishonaman. Men uni sindira oldim”, deya xulosa qildi u.

Habib Nurmuhamedov o‘tgan yilning oktyabr oyida amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, sportdagi faoliyatini yakunlagan edi. O‘sha jangdan keyin u yengil vaznda UFC chempionligini uchinchi marta himoya qildi. Habibga ko‘ra, u jangchining otasiz jang qilishini istamagan onasining iltimosidan so‘ng karerasini yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sportchining ustozi Habib Nurmuhamedovni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan yagona jang – bu kanadalik Jorj Sen-Perga qarshi jan ekanini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1477

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing