Habib oktagonga qaytadimi? Sportchi qat’iy javobini aytdi

Sport

image

Aralash janglar bo‘yicha UFC yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedov sportdagi faoliyatini davom ettirmoqchi emas. Bu haqda u “Match” telekanali efirida aytib o‘tdi.

“Men nafaqaga chiqqanman, yigitlar chempionlik uchun kurashsin”, deydi u.

Habib Nurmuhamedov o‘tgan yilning oktyabr oyida amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, sportdagi faoliyatini yakunlagan edi. O‘sha jangdan keyin u yengil vaznda UFC chempionligini uchinchi marta himoya qildi. Habibga ko‘ra, u jangchining otasiz jang qilishini istamagan onasining iltimosidan so‘ng karerasini yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sportchining ustozi Habib Nurmuhamedovni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan yagona jang – bu kanadalik Jorj Sen-Perga qarshi jan ekanini aytib o‘tgandi..


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

937

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing