Habib Nurmuhamedov Rossiyada yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi

Sport

image

Rossiyada UFC jangchisi Habib Nurmuhamedov yil sportchisi deb topildi. Bu haqda Moskvadagi matbuot anjumanida taqdim etilgan Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining so‘rov ma’lumotlarida keltirib o‘tilgan.

Xabarga ko‘ra, ovoz beruvchilarning 10 foizi Nurmuhamedovni yilning eng yaxshi sportchisi deb topgan, undan keyingi o‘rinda futbolchi Artyom Dzyuba (8 foiz) turibdi. Kuchli beshlikda tennischi Daniil Medvedev, xokkeychi Aleksandr Ovechkin va figurali uchish bo‘yicha Alina Zagitova – mos ravishda 2 foiz ovozlarga ega chiqqan.

Faoliyati davomida Nurmuhamedov aralash jang san’atlari bo‘yicha 29 ta jang o‘tkazgan va birorta mag‘lubiyatga uchramagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmuhamedov dunyo bo‘yicha ham yilning eng yaxshi sportchisi, deb topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing