Habib Nurmuhamedov navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshladi

Sport

image

UFC aralash janglar chempionatining yengil vazn toifasidagi mutlaq jahon chempioni Habib Nurmuhamedov navbatdagi jangi oldidan tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda sportchining otasi Abdulmannop Nurmuhamedov xabar bergan.

Abdulmannop Nurmuhamedovning aytishicha, shu vaqtga qadar bir nechta raqiblar varianti ko‘rib chiqilgan. Jumladan, ular orasida irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Toni Fergyuson ham bor.

"Habib allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborgan va uning jismoniy holati a’lo darajada. AQSHga safariga kelsak, bu masala hal qilinmagan. U yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi uchun 45 kun vaqti bor", degan Abdulmannop Nurmuhamedov.

Ma’lumot uchun Habib Nurmuhamedov shu vaqtga qadar 27 жанг o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba қозонган. Biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing