Habib Qirg‘izda. U Japarov va Toshiyevning o‘g‘illari bilan nonushta qildi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 3 avgust kuni UFC’ning sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatiga keldi. U o‘z Instagram sahifasida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi boshlig‘i Qamchibek Toshiyevning o‘g‘illari aks etgan videolavhani joylashtirdi. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda

Shu bilan birga Habib ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida uni Qirg‘izistonda qanday kutib olishganini ko‘rsatgan. Shuningdek, videoda noz-ne’matlarga to‘la dasturxon hamda mamlakat Prezidentining o‘g‘li Rustam va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi boshlig‘ining o‘g‘li Tay-Muras aks etgan.

“Ertalabki soat to‘rt, qanday qilib bu yerda parhez qilish mumkin?”, deya Habib videoga izoh berdi.

Qayd etish kerakki, sportchi bugun Issiqko‘l viloyati Cho‘lpon-ota shahrida bo‘lib o‘tadigan “Eagle Fighting Championship” (EFC 38) ligasi aralash yakkakurash turnirining faxriy mehmoni bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Habib Nurmuhamedov O‘zbekistonga kelganida sportchini mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kuyovlari Oybek Tursunov va Otabek Umarov qarshilagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

375

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing