Habib Floyd Meyvezerning 100 millionlik taklifini rad etdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Rossiyalik sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedov amerikalik yengilmas bokschi – kichik Floyd Meyvezer bilan jang qilishdan bosh tortdi.

Habibning menejeri Ali Abdul-Azizning so‘zlariga ko‘ra, sportchiga jang uchun 100 million dollar taklif qilingan. Ammo rossiyalik bu taklifni rad etgan.

“Yo‘q, men UFC’dan ketdim. Onamga sportdagi faoliyatimni tugatganimni aytganman. Endi unga bergan va’damni bajarishim kerak. Agar onam yana sportga qaytishimga ruxsat bersa, ehtimol jang qilarman, lekin u hozir buni aytmadi”, degan Nurmuhamedov taklifga javoban.

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov professional darajada 29 ta jang o‘tkazgan va biror marotaba mag‘lub bo‘lmagan.

Mohinur Mamatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

472

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing