Habib boksga o‘tmoqchi bo‘lgan UFC jangchisiga maslahat berdi
Sport
−
17 fevral 2022 3929 1 daqiqa
Yengil vazn toifasida 33 yoshli sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedov Frensis Ngannu va uning UFC bilan shartnoma muzokaralari bo‘yicha davom etayotgan mojarosi haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Fyuri va Ngannu UFC'da o‘zaro jang qilishsa, Fyurida deyarli imkoniyat yo‘q. Ammo boksda men Taysonning u qadar ustunligini ham ko‘rmayapman. Ehtimol, Fyuriga raqib Aleksandr Usik bo‘lar. Usik u uchun qiyin sinov bo‘ladi.
Ngannuga kelsak, menimcha, u UFC'da qolishi kerak. Lekin boksga o‘tib, 50 million yoki 60 million dollar ishlab topa olsa, u buni qilishi kerak. Men Ngannu Afrikadagi juda kambag‘al hayotdan kelganini bilaman. Uning na puli, na uyi, na boshqa bir narsasi bor edi. Shunday ekan, agar kimdir unga ko‘proq pul to‘laydigan bo‘lsa, u buni qabul qilishi kerak", deydi Nurmuhamedov.
Ma’lumot uchun, Ngannu avvalroq UFC bilan amaldagi shartnomasi bo‘yicha jang qilmasligini ma’lum qilgandi, uning asosiy maoshi 500 000 - 600 000 dollarni tashkil qiladi. Frensisning fikricha, boks uning keyingi manzili bo‘lishi
Shaxboz Qahhorov
Live
Barchasi