Hukumatda yirik tebranish. Prezident yangi vazirliklarga eski vazirlarni tayinladi
Jamiyat
−
30 dekabr 2022
21844O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Hukumat tarkibida qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Unga ko‘ra:
• Ochilbay Jumaniyazovich Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
• Jamshid Anvarovich Qo‘chqarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
• Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
• Zulayho Baxriddinovna Mahkamova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
• Sherzod Davlatovich Qudbiyev O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga;
• Laziz Shavkatovich Qudratov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga;
• Bobir Farhadovich Islomov O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga;
• Botir Erkinovich Zokirov O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimiga;
• Behzod Anvarovich Musayev O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga;
• Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga;
• Hilola O‘ktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga;
• Aziz Abduqahhrovich Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vaziri lavozimiga;
• Adham Ilhomovich Ikromov O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri lavozimiga;
• Sherzod Xotamovich Shermatov O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga;
• Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri lavozimiga;
• Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga;
• Amrillo Shodiyevich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
LiveBarchasi