Ig‘vo va tahdidlarga qarshilik ko‘rsatamiz – Erdo‘g‘an Al-Aqsoga bosqinni qoraladi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Turkiya davlat rahbari Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

Suhbat chog‘ida Turkiya rahbari yahudiy aqidaparastlarining Isroil politsiyasi kuzatuvida bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishini qoralagan.

Turkiya davlati rahbari Isroil hujumlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tilagan.

“Suhbatimiz chog‘ida men janob Abbosning e’tiboriga Isroilning Al-Aqso masjididagi mo‘minlarning ishlariga aralashuvini keskin qoralashimni hamda Al-Aqsoning maqomi va ma’naviyati bilan bog‘liq ig‘vo va tahdidlarga qarshilik ko‘rsatishimizni aytdim”, deb yozgan, Prezident Erdag‘an.

Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning adolatli kurashida Falastinni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan.

Turkiya davlat rahbarining ta’kidicha, musulmonlar ziyoratgohi atrofidagi so‘nggi hodisalar Falastinning barcha qarshilik guruhlari o‘rtasida birlik va kelishuvga erishish yo‘lida yanada qat’iyroq qadamlar tashlash zarurligini eslatmoqda.

Turkiya Prezidenti Falastin rahbariga milliy birlikni qurish kontekstidagi vazminlik va sog‘lom fikrli rahbarlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 15 aprel kuni Quddusdagi Al-Aqso masjidida falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bunga Isroil politsiyasining muqaddas ziyoratgoh hududiga bostirib kirishi sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Quddusdagi “Al-Aqso” masjidi musulmonlarning birinchi qiblasi hisoblanadi.

Mutaassib yahudiylar ziyoratgoh shoh Sulaymon maqbarasi vayronalari o‘rnida barpo etilgan deb, masjid hududiga tez-tez bostirib kiradi.

Isroil va Iordaniya o‘rtasida 1994 yilda tuzilgan kelishuvga binoan “Al-Aqso” masjidi Quddus Islom jamg‘armalari boshqarmasi tomonidan boshqariladi.

Biroq, 2003 yildan beri yahudiylar ma’muriyat ruxsatini e’tiborga olmay, Isroilning bir tomonlama qarori bilan politsiya hamrohligida ziyoratga bostirib kirishni boshladi. Islom jamg‘armalari boshqarmasi bunday harakatlar musulmonlar suverenitetining buzilishi ekanini ta’kidlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing