Hafta davomida O‘zbekistonda ob-havo harorati me’yoridan yuqoriroq bo‘ladi
Jamiyat
−
12 Oktabr 2020
17005O‘tgan haftada O‘zbekiston aholisi mintaqaga Ural hududidan kirgan sovuq oqim ta’sirini his qildi. Mamlakat hududining katta qismida harorat iqlimiy me’yorlardan 4-7 darajaga past bo‘ldi.
Bugun, 12 oktyabr kuni sovuq havo respublika hududidan chekina boshladi. Harorat kunduzi 19-22 darajagacha ko‘tarilsada, bu hali hamon me’yordan 2-3 darajaga pastdir.
Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi.
Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.
Harorat ko‘tarilib borib, kechasi 7-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja issiq bo‘ladi, bu iqlimiy me’yorlardan 2-4 darajaga yuqoridir.
LiveBarchasi