Hafta davomida ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda hafta davomida iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha Volga bo‘yi hududlaridan kirib kelgan sovuq antitsiklon natijasida 23-28 daraja atrofida bo‘lgan harorat bilan nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Respublika bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Respublika bo‘yicha 13 sentyabrda kechasi va ertalab sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi, havo harorati 10-13 darajani tashkil etadi. Kunduzi antitsiklon respublika hududidan chekinishni boshlaydi va havo 28-30 darajagacha isiydi.

14 sentyabrdan va ish haftasining oxirigacha respublika bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari havo harorati 12-17 daraja, kunduz kunlari 29-34 daraja atrofida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1025

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing