Habib emas. Uayt UFC’dagi eng kuchli jangchi kimligini aytdi

Sport

image
0:00
0:00
download

UFC prezidenti Dana Uayt UFC-261 janglaridan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar bilan suhbat o‘tkazdi. Vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli UFC jangchisi Kamaru Usman ekani haqidagi savolga u quyidagicha javob berdi.

“Ha, sizning fikringizga qo‘shilaman. Kamaru hozirgi paytda har qanday vazn toifasida tengsiz. Uni ba’zilar “zerikarli sportchi”, deyishi mumkin, biroq u juda kuchli. Unga bas kelish o‘ta qiyin. Masvidalni yengganidan so‘ng men bunga yana bir bor amin bo‘ldim”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, UFC-261 da Kamaru Usman Xorxe Masvidalni ikkinchi raunddayoq yengib, g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. Ayni damda Pound-for-Pound reytingida Kamaru Usman ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rinda esa Jon Jons qayd etilgan.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made