O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
26 Mart 2025 63013 1 daqiqa
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet bu bo‘yicha tegishli ogohlantirish bilan chiqdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 26-28 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarining (Chotqol tizmasining tog‘lari) tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr