O‘zbekistonga 7 oyda qancha turist kelgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 7 million 749 ming 308 nafar xorijiy fuqaro turistik maqsadda tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 million nafarga ya’ni 22,6 foizga ko‘pligini anglatadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, eng ko‘p sayyohlar qo‘shni davlatlardan kelgan. Xususan, O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlar soni bo‘yicha Qirg‘iziston – 2 177 108 nafar, Qozog‘iston – 1 855 562 nafar va Tojikiston – 1 728 978 nafar bilan Top uchlikdan joy olgan.

Keyingi o‘rinlarda Rossiya – 710 824 nafar, Afg‘oniston – 281 200 nafar, Xitoy – 269 735 nafar va Turkmaniston – 192 830 nafar sayyoh bilan qayd etilgan.

Shuningdek, Turkiyadan 111 908 nafar, Hindistondan 32 462 nafar va Koreyadan 26 512 nafar fuqaro O‘zbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan.

Taqqoslash uchun, 2025 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 6 mln 319,1 ming nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 7 mln 749,3 ming nafarga yetdi. Ya’ni, bir yil ichida xorijliklar oqimi 1,4 mln nafarga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning birinchi yarmida 3,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgani hamda eng ko‘p tanlangan davlatlar ulushi qo‘shni respublikalarga to‘g‘ri kelgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing