O‘zbekistonda ayollar eng ko‘p jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan viloyat ochiqlandi
Jamiyat
−
26 aprel 2021
63130Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga yo‘llangan murojaatlar tahlili, joriy yilning 15 apreliga qadar xotin-qizlar tomonidan 20 ga yaqin jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik, ruhiy tazyiq o‘tkazish bilan bog‘liq holatlari bo‘yicha murojaat kelib tushganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha ombudsman Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik, ruhiy tazyiq o‘tkazish bilan bog‘liq holatlarning aksariyati Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
“Aytish joizki, Bosh prokuratura o‘z hisobotida, 2020 yilda nomusga tegish holatlari 27,7 foizga oshganini bayon qilgan. Bu juda achinarli... Foiz hisobida ko‘rsatilgan ushbu raqamlar ortida nechta qizning singan taqdiri, toptalgan sha’ni va qadr-qimmati yotibdi ekan?” deyiladi xabarda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 15 va 49 yoshidagi xotin-qizlarning 25 foizidan ko‘prog‘i hayoti davomida jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duch kelishadi. Ushbu zo‘ravonliklarning 33 foizi Janubi-sharqiy Osiyo hududiga to‘g‘ri kelmoqda.
LiveBarchasi