Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
22 iyul 2020 6419 1 daqiqa
Muhammadzokir Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi.
Muhammadzokir Jo‘raboyevich Mamatxonov 1974 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012 yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
2016 – 2017 yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan. Mamatxonov 2018 yildan to shu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.
Muhammadzokir Mamatxonov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegishli buyrug‘i bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust