Talabalarning qishki ta’til kunlari aniq bo‘ldi
O‘zbekiston
−
04 Dekabr 2019 14119 1 daqiqa
O‘zbekistondagi Oliy o‘quv yurtlarida joriy o‘quv yilida talabalarning qishki ta’til kunlari belgilandi. Unga ko‘ra, talabalar 20 dekabrdan 20 yilning 5 yanvariga qadar ta’tilda bo‘ladilar. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning Oliy ta’lim vazirligidagi manbasi xabar bermoqda.
Bugungacha davom etib kelgan an’anaga ko‘ra, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida ta’til 28 dekabrdan 10 yanvargacha davom etardi.
Ma’lumot o‘rnida, ta’til 5 yanvar kuni tugab, 6 yanvar – dushanba kuni dars mashg‘ulotlari boshlanadi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr