Nega o‘zbeklar qalbaki aroqqa aldanadi?
Biznes
−
28 fevral
3155Qozog‘istonliklar yoppasiga spirtli ichimliklardan voz kechmoqda. Turkiyada esa qalbaki aroqdan 59 nafar o‘zbekistonlik o‘ldi.
Joriy yilning 17 yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida bir qancha o‘zbekistonliklar zaharlanib, vafot etgan. 19 fevral kunidagi eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning soni 59 nafarga yetgan.
Ichib vafot etganlarning jasadini O‘zbekistonga olib ketish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi tomonidan tegishli konsullik, huquqiy va tashkiliy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, ba’zi fuqarolar davolanish kursini yakunlab, shifoxonadan chiqqan, ayrimlari esa tibbiy muolajalarni davom ettirgan.
Bu spirtli ichimliklarga oid ikki xil mamlakatda sodir bo‘lgan voqealar mutlaqo bir-biriga zid, biri quvonchli bo‘lsa, ikkinchisi qayg‘uli. Agar bu o‘zbekistonliklarning qalbaki aroq ichib vafot etishiga oid yagona holat bo‘lganda ham boshqa gap edi. Ammo har yili bir qancha o‘zbekistonliklar aroqdan zaharlanib, vafot etaveradi, vafot etaveradi.
Masalan, Turkiyadagi holatdan 4-5 kungina oldin Samarqandda birvarakayiga 5 erkakning o‘ligi chiqdi. Marhumlarning o‘limiga qalbaki aroq sabab bo‘lgan. Zaharlanganlarning jami soni esa 13 kishi bo‘lib, qolganlar kuchli davolanishdan boshdan kechirgan. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov munosabat bildirishicha, zaharlanganlarning 4 nafari o‘z yashash xonadonida, yana biri esa shifoxonada vafot etgan. Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Marhumlarning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot hamda kimyoviy ekspertizalar tayinlangan.
Shuningdek, 2021 yilda Namanganda 13 nafar shaxs qo‘lbola aroqdan zaharlangan. 2022 yilda Toshkentdagi kasalxonada uch erkak va bir ayol spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgan. 2023 yilda ham Farg‘onada 4 nafar erkak qalbaki aroqdan o‘lib ketdi. Noqonuniy faoliyatning bunday salbiy oqibatlari tamaki savdosi bilan ham kuzatiladi.
1. Tamaki va spirtli ichimliklarni sotish bo‘yicha tekshiruvlarda qanday asosiy qonunbuzarliklar aniqlanadi? Bu huquqbuzarliklar ko‘proq qaysi hududlarda uchraydi?
Asosiy qonunbuzarliklar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Savdoda litsenziyasiz yoki tegishli hujjatsiz spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotish;
- Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini voyaga etmaganlarga sotish;
- Mahsulotlarni noto‘g‘ri markalash yoki sertifikatlash;
- Kontrafakt va noqonuniy mahsulotlar savdosi, soliq qonunchiligiga rioya qilmaslik;
- Mahsulotlarni saqlash shartlarini buzish, masalan, spirtli ichimliklarni noto‘g‘ri saqlash.
Bu huquqbuzarliklar asosan yirik shaharlar va chegara hududlarida ko‘proq uchraydi, chunki bu joylarda mahsulotlarning noqonuniy aylanishi murakkabroq nazorat qilinadi.
Xo‘sh, mana shuncha o‘lim holatlariga qarshi hukumat nima qilyapti O‘zbekistonda?
Endilikda alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda davlat nazorati takomillashtiriladigan bo‘ldi.
21 fevral kuni “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Mazkur Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarga Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning ulgurji savdosi sohasida litsenziyalash va xabardor qilish tartib-taomillariga, shuningdek, ularning ulgurji savdosiga doir talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi sifatidagi vakolatlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishga, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyatga berilgan litsenziya uchun yillik davlat bojini to‘lash muddati belgilanmoqda.
Bunda navbatdagi yillik to‘lov litsenziyadan foydalanishning keyingi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin to‘lanadi, keyingi to‘lov belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turiladi.
2. So‘nggi yil davomida nechta noqonuniy tamaki mahsulotlari sotiladigan savdo nuqtalari aniqlangan? Boshqaruvchilariga nimalar qilingan?
Aniqlangan noqonuniy savdo nuqtalarining aniq soni soliq organlarining hisobotlariga bog‘liq, ammo odatda bu raqam yuzlab savdo nuqtalarini tashkil etadi. Qabul qilingan choralar quyidagilar:
- Jarimalar;
- Noqonuniy mahsulotlarning musodara qilinishi;
- Savdo nuqtalarining faoliyatini vaqtincha to‘xtatish yoki litsenziyadan mahrum qilish;
- Jinoiy javobgarlikka tortish.
Bu orqali hukumat, mamlakat ichida spirtli ichimliklarning, tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi va qo‘lbola ishlab chiqarilishining oldini olmoqchi. Chunki bugun qalbaki spirtli ichimliklar iste’moli to‘xtamayapti. Masalan, 21 fevral kuni Samarqand viloyatida 3 mingdan ortiq sifatsiz spirtli ichimliklar aniqlanib, MIB tomonidan yo‘q qilingan.
3. Iste’molchilar spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotish holatlari haqida qanday xabar berishlari mumkin? Soliq organlari bunday murojaatlarga qanday javob beradi?
Iste’molchilar quyidagi usullar bilan xabar berishlari mumkin:
- Soliq organlarining “issiq liniyalari” orqali;
- Rasmiy davlat organlarining veb-saytlari orqali;
- Elektron shakllar va mobil ilovalar orqali.
Soliq organlari bunday murojaatlarga javoban tezkor tekshiruvlar o‘tkazadi, savdo nuqtalarini ko‘zdan kechiradi va zarur choralar ko‘radi. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda tekshiruvlar tashkil etiladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda barcha spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotayotgan savdo nuqtalarini ro‘yxatga olish uchun Asl belgisi tizimi yaratilgan. Tizim yordamida soliq organlari.
- Savdo nuqtalarining qonuniyligini tekshirish;
- Mahsulotlarning ruxsat etilgan manbalaridan sotilishini ta’minlash;
- Noqonuniy aylanmani aniqlash va nazoratni kuchaytirish.
4. Asl belgisi tizimida nechta savdo nuqtasi ro‘yxatga olingan? Bu tizimning samaradorligi qanday? Qanday qilib u noqonuniy tamaki va spirtli ichimliklar aylanmasiga qarshi kurashishda yordam beradi?
“Tizim samarali ishlaydi va noqonuniy savdolarni aniqlashda katta yordam beradi”.
Bugungi kunda bir necha davlat organlari tamaki va spirtli ichimliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish uchun birlashgan. Ular bunday hamkorlik orqali davlat organlari birgalikda qonunbuzarliklarni oldini olish va jazo choralarini ko‘rish imkoniyatiga egamiz, demoqda.
5. Soliq qo‘mitasi boshqa davlat organlari, masalan, huquqni muhofaza qilish organlari va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari bilan qanday hamkorlik qiladi, tamaki va spirtli ichimliklar aylanmasini nazorat qilishda?
Soliq organlari boshqa davlat organlari bilan quyidagi sohalarda hamkorlik qiladi:
- Huquqni muhofaza qilish organlari bilan noqonuniy savdolarni aniqlash va jinoiy ishlar qo‘zg‘atishda hamkorlik;
- Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organlari bilan mahsulot sifatini tekshirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish;
- “Rospotrebnadzor” va boshqa tegishli organlar bilan mahsulotning xavfsizligi va standartlarga mosligini tekshirish.
Xo‘sh, shunday qilib, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotish qoidalarini buzganlik uchun qanday jarima sanksiyalari mavjud? Jarima miqdori qanday va ular qay tartibda qo‘llaniladi?
Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotish qoidalarini buzganlik uchun quyidagi sanksiyalar mavjud:
- Jarimalar: Bu jarimalar turli holatlarga qarab o‘zgaradi, ammo odatda yuz minglab so‘mdan millionlab so‘mgacha bo‘lishi mumkin;
- Faoliyatni to‘xtatish yoki litsenziyadan mahrum qilish;
- Mahsulotlarni musodara qilish.
Jarimalar ko‘pincha yirik shaharlar va savdo nuqtalarida qo‘llaniladi, chunki bu joylarda qonunbuzarliklar ko‘proq uchraydi.
Shu o‘rinda, tamaki mahsulotlarini sotish faoliyatining boshlanishi va to‘xtatilishi haqida yuborilgan xabarlar soliq organlari hisobotiga bog‘liq. Bunday xabarlar yangi savdo nuqtalari faoliyatini boshlashi yoki mavjud nuqtaning faoliyatini to‘xtatish holatlarida taqdim etiladi. Bu jarayon soliq organlariga savdo nuqtalarini nazorat qilish va qonuniy faoliyatni ta’minlash imkonini beradi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining “Vakolatli organni faoliyat boshlanishi yoki to‘xtatilishi haqida xabarnomani taqdim etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori asosida, tamaki mahsulotlarini chakana sotish faolligi uchun soliq organlariga xabar berish majburiy hisoblanadi. Nechta xabar tamaki mahsulotlarini sotish faoliyati boshlanishi va to‘xtatilishi haqida yuborilgan?
Endi esa gapimiz avvalidagi xabarga qaytamiz, Qozog‘istonning Atirau viloyati 7 ta tumanidagi 54 ta qishloq aholisi spirtli ichimliklardan voz kechdi.
Inder tumani Qurilis qishlog‘i aholisi 5 yil oldin spirtli ichimliklardan voz kechish yo‘lida qadam tashlagan. Natijada bir yil davomida qishloqda birorta ham jinoyat qayd etilmagan. Bu boshqa qishloqlarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan va 20 fevralga kelib, Atirau viloyatida ichkilik iste’mol qilmaydigan qishloqlar soni 54 taga yetgan.
Haqiqatdan ham qardosh qozoqlar ko‘p jabhada o‘zbeklarga o‘rnak bo‘lmoqda. Faqat unga amal qilinadimi, bu so‘roqqa javob berish imkoni yo‘q. Ichkilik ichilmasa, jinoyatlar sodir bo‘lmaydi, odamlar o‘lmaydi. Xulosa esa o‘zingizdan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

