Shavkat Mirziyoyev ertaga Ozarbayjonga boradi
Jamiyat
−
18:33 1054 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan joriy yilning 14-15 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston yetakchisi Baku shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi.
Ozarbayjon raisligida o‘tkaziladigan forum kun tartibidan Osiyo qit’asida ishonch, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash hamda Kengashning institutsional rivojlanishini yanada takomillashtirishga oid dolzarb masalalar o‘rin olgan.
Transport bog‘liqligini rivojlantirish, raqamlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
Ishtirokchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha Baku deklaratsiyasi hamda Tashkilotning roli va samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Sammit doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, OHICHK Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro forum hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Kengash qit’a hududi va aholisining qariyb 90 foizini tashkil etuvchi 28 ta davlatni birlashtirgan.
Live
Barchasi