Rossiya aviatashuvchilarni ovlash uchun ballistik raketa ishlab chiqarmoqchi

Olam

image

Rossiya harbiy-dengiz floti qudratini yanada yuksaltirish maqsadida harbiy muhandislar “samolyot tashuvchilarni qiruvchi” gipertoshuvli jangovar texnikaga ega “Zmeyevik” ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda harbiy departament va harbiy-sanoat majmuasiga yaqin ikki manbaga tayanib TACC nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gipertovushli jangovar texnikaga ega “Zmeyevik” ballistik raketasini ishlab chiqish ustida anchadan beri ish olib borilmoqda. U yer usti nishonlarini, birinchi navbatda, aviatashuvchilarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Ismi oshkor qilinishini istamagan manbaning ta’kidlashiga qaraganda, bu raketa dengiz flotining qirg‘oq raketa bo‘linmalari foydalanishi uchun topshirilish mumkin. Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyoda bunday turdagi gipertovushli raketalarning analoglari mavjud. Biroq, o‘z arsenalini yaratish ishonchliroq.

Avvalroq, "Roskosmos" bosh direktori Dmitriy Rogozin Rossiya korxonalari “Sarmat” qit’alararo ballistik raketalarini seriyali ishlab chiqarishni boshlaganini ma’lum qilgan edi. Uning tushuntirishicha, birinchi polk 2022 yil oxirigacha harbiylarga topshiriladi.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

635

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing