Rasman! Özbekistonda Apple Pay va Google Pay işga tuşdi
Jamiyat
−
15:08 865 1 daqiqa
Bugun, 27 oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay va Google Pay tölov xizmatlari işga tuşdi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Sizlarga mamnuniyat bilan bir xuşxabarni yetkazmoqçiman: va nihoyat, bugundan Özbekistonda Apple Pay va Google Pay tölov xizmatlari işga tuşdi”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda iPhone foydalanuvçilari uçun Apple Wallet’ga kartalarini qöşiş mumkin bölgan mahalliy banklar röyxati oçiqlangani haqida xabar berilgan edi. Hozirgi vaqtda Özbekistondagi sakkizta mahalliy bank va fintex-servislarning kartalarini Apple Wallet’ga qöşiş mumkin. Şu bilan birga, Apple Wallet ilovasiga ATTO transport kartasini qöşişga uriniş vaqtida Özbekistonda çiqarilgan bank kartalarini ulaş mumkinligi haqida bildirişnoma paydo bölmoqda.
Şuningdek, joriy yilning 19 oktyabr kuni Samarqandda C5+1 formatida ötkazilayotgan tadbirlar doirasidagi “Raqamli texnologiyalar”ga bağişlangan panel sessiyasida Özbekistonda Google Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirilgani haqida e’lon qilingandi. Biroq kartalar xizmatga bugun, 27 oktyabrdan ulana boşladi.
Live
Barchasi26 Oktyabr