Ramazon Temirovning ukasi AQSHda oktagonga ko‘tarildi

Sport

image

AQSHning LFA promoushenida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik jangchi Azizbek Temirov ligadagi o‘zining ilk jangida braziliyalik Daniyel Arauxoga mag‘lub bo‘ldi.

Bugun, 7 mart tongida  AQSHda LFA 203 turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu jang kechasida eng yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik jangchi Azizbek Temirov braziliyalik Daniel Arauxoga qarshi oktagonga chiqdi. To‘liq uch raund davom etgan to‘qnashuv yakunida Arauxo ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Temirov MMAdagi professional faoliyatida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. U karerasi davomida 4 ta jang o‘tkazgan va shundan 3 tasida g‘alaba qozongan.

Ma’lumot o‘rnida, Azizbek Temirov ayni damda UFC'da faoliyat olib borayotgan jangchi Ramazon Temirovning ukasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ramazon Temirov oxirgi jangida Charlz Jonsonni mag‘lub etganidan keyin super yengil vazn toifasi UFC reytingiga kirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Ramazon Temirov Azizbek Temirov LFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing