Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari mamlakat iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabriklagan.

Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish an’anasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berilgan. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilingan.

“Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!” deydi Prezident.

O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetgan. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qilgan. Davlat rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing