Og‘ir atletika: Tursunoy Jabborova Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport
−
25 iyul 2022 4565 1 daqiqa
Bugun, 25 iyul kuni og‘ir atletika bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 9-kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
-87 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Tursunoy Jabborova va Kamola Karimova sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Tursunoy Jabborova barcha yo‘nalishlarda oltin medalni qo‘lga kiritib Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Kamola Karimovaga esa 3 ta bronza medali nasib qildi.
Yoshlar, -87 kg:
1. Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 235 (108+127) kg;
2. Xo Pxong (Vetnam) – 194 (88+106) kg;
3. Kamola Karimova (O‘zbekiston) – 182 (77+105) kg.
Ma’lumot uchun, bugun, 25 iyul og‘ir atletika bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining so‘nggi kuni hisoblanadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust