“Navbahor” futbolchisi BMW’da kurerni urib yubordi (video)

Sport

−

image

Bugun, 29 sentyabr kuni futbol bo‘yicha Qirg‘iziston milliy terma jamoasi va Namanganning “Navbahor” klubi hujumchisi Joel Kojo Bishkekda kurerni urib yubordi. Bu haqda Bishkek shahar Milliy xavfsizlik va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi Manas ko‘chasi va Jibek Jolu shohko‘chasi kesishmasida sodir bo‘lgan. BMW rulida futbolchining o‘zi bo‘lgan. Kurer tirik qolgan, u shifoxonaga olib borilgan.

“BMW jarima maydonchasiga joylashtirildi”, deyiladi xabarda. 

Bildirilishicha, YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ganada tug‘ilgan 28 yoshli futbolchi Kojo Samarqandning “Dinamo” klubidagi o‘yinlari bilan o‘zbekistonlik muxlislarga tanish. U 2025 yilning boshida “Dinamo”dan Eronning “Istiqlol” jamoasiga borib qo‘shilgan edi. O‘tgan yilning iyul oyida u O‘zbekistonga qaytib, ijara asosida “Neftchi” safida o‘ynadi. Joriy yilning avgustida esa erkin agent sifatida Namanganning “Navbahor” jamoasiga borib qo‘shildi.

Kecha, 28 sentyabr kuni u Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi safida Maldiv orollari termasiga qarshi o‘rtoqlik bahsida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, raqib darvozasiga 1 ta gol kiritgan edi. Bellashuv qo‘shnilarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing