“Milan” arablarga o‘tmoqda. Klub transferlarga yaxshigina pul olishi mumkin
Sport
−
18 Aprel 2022 5745 1 daqiqa
“Milan”ga egalik qiluvchilar o‘zgarganidan keyin klub transferlarga ko‘proq pul sarflashi mumkin. Sababi Bahraynda joylashgan “Investcorp” investitsiya kompaniyasi Italiya klubini “Elliott Management”dan 1 milliard yevroga sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Yangi xo‘jayinlar qo‘l ostida "Milan" transferlar uchun 300 million yevro oladi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.
Shu munosabat bilan “rossonerilar” bir qancha futbolchilarga qiziqish bildirmoqda. Ular orasida “Ayaks” hujumchisi Sebastyan Aller, “RB Leypsig” yarim himoyachisi Kristofer Nkunku, “Roma” yarim himoyachisi Nikolo Zanolo va “Monako” yarim himoyachisi Orelen Tchuameni ham bor.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr