Magomed Ankalayev Pereyradan UFC kamarini tortib oldi
Sport
−
09 mart
7025Bugun, 9 mart tongida AQSHda start olgan UFC 313 turniri markaziy jangida Magomed Ankalayev Aleks Pereyrani mag‘lub etdi va yarim og‘ir vazn toifasi yangi chempioniga aylandi.
Turnir markaziy jangi to‘liq 5 raund davom etdi va unda rossiyalik jangchi Magomed Ankalayev braziliyalik Aleks Pereyrani ochkolar hisobiga mag‘lub etib, Pereyradan chempionlik kamarini tortib oldi.
Shu tariqa, Ankalayev faoliyatidagi 21-g‘alabani qo‘lga kiritdi. Pereyra esa faoliyatidagi 3-mag‘lubiyatini mana shu tarzda qabul qilib oldi.
LiveBarchasi