Kimlarga xafsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi?

Bu qiziq

−

image

O‘zbekistonda avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi va old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchining xavfsizlik kamarini taqishi majburiy etib belgilangan. Faqat ayrim holatlardagina istisno tariqasi xavfsizlik kamarini taqmaslikka quyidagi shaxslarga ruxsat beriladi. 

•    avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

•    transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;

•    homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yo‘lovchilar;

•    orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;

•    aholi punktlarida harakatlanishda – yo‘nalishli taksi haydovchilari, taksining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar;

•    aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilari.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

330

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar