Qoraqalpog‘istonda brakonerlar Qizil kitobga kirgan 14 bosh jayronni o‘ldirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 dekabr kuni Qoraqalpog‘istonda brakonerlar Qizil kitobga kiritilgan 10 dan ortiq jonivorni otib o‘ldirgani aniqlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasining Matbuot xizmati xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasining Nukus shahar, Taxiatosh, Taxtako‘pir tumani inspektorlari hamkorlikda Taxtako‘pir tumanida tezkor reyd tadbirlari amalga oshirilgan. Tadbir davomida taxminan soat 14:00 larda Taxtako‘pir tumani “Qo‘ng‘irotko‘l” OFY cho‘l zonasining “Tasbergen” kran atrofida inspektorlar tomonidan noma’lum shaxslar “Uaz 469” rusumli rangi kulrang (belaya noch) avtomashina bilan turgani aniqlangan. Noma’lum shaxslar inspektorlarning yaqinlashayotganligini ko‘rib qolib, voqea joyidan yashiringan. Inspektorlar noma’lum shaxslarning 5 km masofagacha izidan borgan. No’malum shaxslar davlat inspektorlaridan qochib ketishga ulgurgan.

Taxtako‘pir tumani cho‘l zonasining “Tasbergen” kran atrofida inspektorlar tomonidan noma’lum shaxslar turgan joy ko‘zdan kechirilganda voqea joyidan no’malum shaxslarga tegishli otilgan patron gilzasi, idish-tovoq, xo‘jalik buyumlari bo‘lgan pichoq, bolta, yoqilg‘i, qiyim-boshlar hamda Qizil kitobga qiritilgan 14 dona jayronlar, 5 dona yovvoyi quyonlar tashlab ketilganligi aniqlangan.

Davlat inspektorlari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, voqea joyi video tasvirga olingan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi tomonidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga xabar qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing