Qashqadaryoda ayiq o‘ldirilishi ortidan jinoyat ishi ochildi
Jamiyat
−
11 aprel 2023
11189Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida “Qizil kitob”ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i otib o‘ldirilganligi yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) 3-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirining maslahatchisi Rasul Kusherboyev o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
Kusherboyevning yozishicha, ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha esa qo‘shimcha axborot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Yashnobod mahallasi hududiga ayiq kelib qolgandi. Shu kuni soat 23:00 larda ayiq Qumdaryoga yaqin joydagi jarlikda hosil bo‘lgan g‘or ichiga kirib olgan va birozdan so‘ng bu yerda mahalliy aholi to‘plangan. Ayiq jarlikdan tepaga chiqishga uringan paytda Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i A.B. atrofga yig‘ilgan aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida ovchi D.A.ga ayiqqa o‘q uzishga ko‘rsatma bergan va oqibatda jonivor o‘ldirilgan.
LiveBarchasi