Germaniyada jazirama qurbonlari 5 mingdan oshdi
Olam
−
10 Iyul 3031 1 daqiqa
Germaniyada 2026 yil boshidan buyon kuchli jazirama sababli taxminan 5 120 kishi vafot etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
O‘lim holatlarining asosiy qismi iyun oyi oxirida, haftalik o‘rtacha havo harorati 20 darajadan oshgan davrda qayd etilgan. Qurbonlarning qariyb 4 270 nafari 75 yosh va undan katta bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayollar orasidagi o‘lim holatlari erkaklarga nisbatan ko‘proq, sababi keksalarning katta qismini ayollar tashkil qiladi.
Yevropa Ittifoqining Kopernik iqlim o‘zgarishi xizmati G‘arbiy Yevropada joriy yilning iyun oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyun bo‘lganini aytmoqda.
Germaniyada issiqlik bilan bog‘liq eng ko‘p o‘lim 2018 va 2019 yillarda kuzatilgan bo‘lib, o‘sha vaqtda 8 400 va 6 900 kishi vafot etgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada joriy yilning 22-28 iyun kunlari kuzatilgan kuchli jazirama davrida mamlakat bo‘ylab 2 025 ta o‘lim qayd etilgani haqida ma’lumot berilgandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr