Futbol qayg‘usi: Mentalitet o‘zgarishi kerak. Terma jamoa “motori” bilan suhbat
Intervyu
−
03 iyul
85567 iyun kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo qit’asi bo‘yicha 3-bosqich bahslariga qur’a tashlandi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan joy oldi. Guruhda O‘zbekistonga KXDR, Qirg‘iziston, BAA, Qatar va Eron terma jamoalari raqiblik qiladigan bo‘ldi.
QALAMPIR.UZ mazkur qur’a va terma jamoaning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari haqidagi savollar bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi va Turkiyaning “Kayserispor” klubi a’zosi Otabek Shukurovga yuzlandi.
Shukurovga ko‘ra, hozirda terma jamoada yaxshi tarkib shakllangan va futbolchilar hamjihatligi har qachongidanda yuqori. Termada 2021 yildan buyon murabbiylik qilayotgan Srechko Katanets futbolchilarga yuqori talablarni qo‘yib, ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda.
“Oxirgi paytlarda kuchli terma jamoalarga qarshi kambek qila olyapmiz. Oldin biz yutib turgan vaqtimizda, raqib g‘alaba qozonib ketardi. Katanets terma jamoada ko‘p narsani o‘zgartira oldi, biz oila bo‘la oldik”, deydi Shukurov.
Intervyu davomida Otabek Shukurov o‘zbek va turk futboli o‘rtasidagi asosiy farqlarni aytib, Turkiya futbolining mentaliteti haqida so‘z ochdi.
“To‘g‘risini aytaman, o‘zbek futboli turk futbolidan kuchli emas. Turk futbolida professionalizm yuqori darajada va futbolchilarning mentaliteti ham namunali. Turkiyadagi har bir mashg‘ulotda biz bor energiyamizni sarflaymiz va buni bizdan talab qilishadi. Bunaqa mashg‘ulot va talablarni o‘zimizda ko‘rmaganman”, deydi Shukurov.
Shuningdek, 28 yoshli yarim himoyachi o‘zi bir paytlar to‘p tepgan “Mash’al” va “Bunyodkor” klubida ishlar orqaga ketayotgani bilan bog‘liq savollarga javob qaytardi.
Shukurov hozirda Yevropa chempionati bahslarini ham kuzatib borayotganini va Yevroda Turkiya terma jamoasiga muxlislik qilayotganini qo‘shimcha qildi.
LiveBarchasi