Dollar kursi yana pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 44,66 so‘mga tushdi va 11 889,95 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 70,61 so‘mga ko‘tarilib, 13 717,44 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,71 so‘mga arzonlashdi va 143,93 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 6,88 so‘mga tushib, 1762,70 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 2 ming 200 so‘mga oshdi va 1 mln 829 ming 700 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 10 avgust Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 13 mln 781 ming 079 so‘mga tushdi va 764 mln 331 ming 921 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing