Dollar kursi ketma-ket 3-kun tushdi
Jamiyat
−
12 fevral 4440 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,73 so‘mga tushdi va 12 275,58 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 52,04 so‘mga pasaydi va 14 594,98 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,26 so‘mga ko‘tarildi va 159,09 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 0,59 so‘mga oshdi va 1778,73 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 7 ming 400 so‘mga oshdi va 2 mln 66 ming 900 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 12 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 15 mln 944 ming 476 so‘mga oshgan va 833 mln 668 ming 900 so‘m etib belgilangan.