“Demokrat.uz” rahbari qamaldi

3-sahifa

−

image

“Demokrat.uz” rahbari Fazliddin Mehmonov 10 yil 3 oy muddatga, bloger Aziz Ğoipnazarov esa 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari xabar berdi.

Qayd etilişiça, Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida Fazliddin Mehmonov (1998 yilda Namangan viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlangan) va Aziz Ğoipnazarov (1991 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan) ga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni tugagan.

Bugun, 11 noyabr kuni e’lon qilingan sud hukmiga muvofiq Fazliddin Mehmonov Jinoyat kodeksining 165- (tovlamaçilik), 168- (firibgarlik) va 248- (öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalarida, Aziz Ğoipnazarov uşbu kodeksning 165-moddasida (firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Fazliddin Mehmonovga 10 yil 3 oy muddatga, Aziz Ğoipnazarovga 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlangan. Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan. Sudlanuvçi Fazliddin Mehmonovdan jinoyat doirasida jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilişi belgilangan.

Bildirilişiça, birinçi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toşkent şahar sudining apellyatiya/kassatsiya instansiyasiga şikoyat beriş va protest keltirişga haqli.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi “Taftish.uz” tahririyati xodimlari va DXXning OAV faoliyatini nazorat qiluvçi boşqarmasi zobitlariga nisbatan hukm öqigan edi. Xususan, tahririyat rahbari Ğayrat Aberayev 10 yil 6 oyga, jurnalist Marjona Eşquvvatova 4 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar