“Sel keladi”. Özgidromet şoşilinç ogohlantiriş bilan çiqdi
Bu qiziq
−
14:08 2149 2 daqiqa
Joriy yilning 4-5 noyabr kunlari yomğir yoğişi kutilayotgani sababli respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda Özgidromet şoşilinç ogohlantiriş bilan çiqdi.
Jumladan:
- Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy, Iştixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;
- Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
- Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söraladi.
Respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin.
Live
Barchasi