Buxoroda 18 yoshli qizni fohishalikka majburlaganlar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
21 Oktabr 2021
12235Buxoroda odam savdosi bilan shug‘ullanib, 18 yoshli qizni fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Ular mijozdan 800 ming so‘m olayotganda ushlangan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro shaharning B.Naqshband ko‘chasida yashovchi, 33 yoshli R.H. ismli ayol, 22 yoshli tanishi R.L. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, shu ko‘chada vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan 18 yoshli K.S.ni joriy yilning 4 sentyabr kuni aldov yo‘li bilan o‘z uyiga olib kelib, undan shahvoniy maqsadlarda foydalanish maqsadida fuqarolik pasportini olib qo‘ygan. Joriy yilning 4 sentyabr kunidan 8 oktyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida moddiy haq evaziga begona erkaklar bilan jinsiy aloqa qilib fohishalik qilishga majburlagan.
9 oktyabr kuni o‘z uyi yaqinida K.S.ni navbatdagi mijozga 800 ming so‘mga pullab, o‘zga bir erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlab odam savdosi jinoyatini sodir etgan.
Xabarga ko‘ra, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari gumon qilinuvchi R.H. va uning sherigini jinoyat ustida qo‘lga olgan. Ulardan maxsus ishlov berilgan 800 ming so‘m naqd pul va K.S.ning fuqarolik pasporti tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.H. va R.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “v”, ”g”, ”e” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi