Bakalavriatni bitirgan hamşira va tibbiyot oğasiga 1,5 mln söm ustama tölanadi

Salomatlik

−

image

Özbekistonda bakalavriatni bitirgan hamşira va tibbiyot oğasiga 1,5 million söm, magistraturani tugatganlarga 2,5 million söm qöşimça ustama tölanadi. Bu haqda bugun, 27 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvida ma’lum qilindi.

“Qança zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng sönggi uskunalarni olib bermaylik, malakali xodimlarsiz natija bölmaydi”, deydi Prezident.

Bugun 11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming şifokor tayyorlanmoqda. Biroq bitiruvçilarning hammasi ham işga kirgan birinçi kundan bemor bilan işlaşga tayyor emas.

“Boşqa sohada yoş xodim xato qilişi mumkin, ammo bölğusi şifokorning bunga haqqi yöq. Çunki tibbiyot xodimining har bir harakati ortida inson hayoti turibdi”, deydi davlat rahbari.

Şu bois, kadrlar tayyorlaş klinik amaliyot bilan boğlanadi. Kelasi yildan talabalar haftada uç kun bemor bilan işlaşni örganadi, bitiruvçilar esa oxirgi öquv yilida töliq tibbiyot muassasasida amaliyot ötaydi.

Bakalavriatni bitirgan hamşira va tibbiyot oğasiga 1,5 million söm, magistraturani tugatganlarga 2,5 million söm qöşimça ustama tölanadi. Oilaviy şifokorlik böyiça tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million söm böladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing