Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Argentinada toshqin oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Argentinaning Buenos-Ayres viloyatiga qarashli Bahiya-Blanka shahrida suv toshqini sodir bo‘ldi. Bu haqda “Infobae” xabar berdi.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat oqibatida o‘n kishi halok bo‘lgan, 1,3 mingdan ortiq odam esa evakuatsiya qilingan. Hozirda mahalliy aholiga harbiylar yordam bermoqda, viloyat hokimiyati esa vaziyatni tanazzul darajasida og‘ir deb baholamoqda.

Toshqinning kelib chiqishiga so‘nggi bir sutkadan buyon tinimsiz yog‘ayotgan kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgan. Hodisa tufayli shaharda aloqa va elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan. Favqulodda holat sababli shahar aeroporti yopilgan, shuningdek, shaharga olib boruvchi ba’zi yo‘llar jiddiy zarar ko‘rgan. Yaqin soatlarda shahar ustidan yangi momaqaldiroq fronti o‘tishi kutilmoqda.

Favqulodda holat sababli mamlakat Prezidenti Xaver Miley Bahiya-Blankaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston janubi va g‘arbida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘lgan edi. Mamlakat g‘arbidagi Farah viloyatida yuz bergan tabiiy ofatda kamida 23 kishi halok bo‘lgan, 44 kishi jarohat olgan. Xabarda aytilishicha, qurbonlar orasida har ikkala jins va turli yoshdagi odamlar bor. Janubdagi Hilmand va Qandahor viloyatlarida suv toshqinlari oqibatida kamida 10 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘lgan. Hilmandning Grishk tumanidagi turarjoy binosiga chaqmoq urishi oqibatida yana olti kishi jabrlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina toshqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing