Anvar Sobirov rasmiy lavozimga tayinlandi
Madaniyat-san’at
−
04 Aprel 2024 71479 1 daqiqa
Xonanda Anvar Sobirov mas’ul lavozimni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.
"Sobirov Anvar Karimovich - uyushmaning mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U mahallalarda ijodiy jamoalar faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish guruhlariga rahbarlik qiladi", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Anvar Sobirov 1976 yil 24 iyulda Xorazmda, san’atkorlar oilasida tavallud topgan. U bolaligidan Komiljon Otaniyozov nomidagi 1-son bolalar musiqa maktabining doira bo‘limida tahsil olgan. Maktabni tamomlagach, Urganch musiqa bilim yurtining an’anaviy ijro bo‘limiga o‘qishga kirgan. Xonanda Toshkentdagi Madaniyat institutini ham bitirgan.
Live
BarchasiFloridada samolyot halokatga uchradi
02 Noyabr