WBO reytingi. Qudratillo va Shohjahon bir o‘rinda, yana bir o‘zbek bokschisi yuqoriga ko‘tarildi

Sport

−

image

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, o‘ta yengil vazn toifasida (50, 80 kilogramm) Olimjon Nazarov ilk marotaba 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bungacha u mazkur reytingda kuchli o‘n beshtalikka kira olmagandi.

Ushbu yo‘nalishda shuningdek, yarim o‘rta (-66,67 kilogramm) vazn toifasida janglarda ishtirok etadigan Qudratillo Abduqahhorov o‘tgan oydagi kabi 11-o‘rinda qoldi. 

Qudratillo ayni paytda IBF reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. 

Birinchi yarim o‘rta (-63,503 kilogramm) vazn toifasida esa Shohjahon Ergashev sakkizinchi o‘rindan 11-o‘ringa pastladi. 

WBO reytingidan boshqa o‘zbek bokschilari joy olmagan


Maqola muallifi

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar