6 viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Jamiyat
−
23 Fevral 4220 1 daqiqa
Joriy yilning 24-25 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli ayrim hududlarda qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari).
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
Shuningdek, 26-27 fevral kunlari quyidagi hududlarda ham qor ko‘chish xavfi mavjud:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida.
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida.
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida.
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida.
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari).
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr