20 yoshli ayolni Dubayga fohishalikka yuborayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
15 iyun 3994 1 daqiqa
Toshkent xalqaro aeraportida 20 yoshli ayolni Dubayga fohishalik uchun yuborayotgan 25 yoshli boshqa ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi 25 yoshli ayol Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashovchi tanishlari bilan jinoiy til biriktirib, oson daromad orttirish maqsadida Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida yashovchi ayolning ishonchiga kirib, uni aldov yo‘li bilan chet elga yuborishga uringan.
Gumonlanuvchi shaxs ushbu ayolni xorijdagi tanishida mo‘may daromad topuvchi bir nechta bo‘sh ish o‘rinlari borligiga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga shahvoniy ekstraditsiya, fohishalik uchun yuborayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, jabrlanuvchini Dubay shahrida yashovchi boshqa bir o‘zbekistonlik ayol kutib olishi kerak bo‘lgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan, ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “d”, “k” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek jinoyatga aloqador boshqa shaxslarning shaxsini aniqlash va ularni tergovga jalb qilish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida ayollarni xorijga olib chiqib, fohishalikka jalb qilish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust