14 ta faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatiladi
Jamiyat
−
03 yanvar 2022
148022022 yilda Eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 14 ta faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalarni tugatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan.
Loyihaga ko‘ra, Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo‘l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish kutilmoqda. Monopoliya tugatiladigan faoliyatlar qatorida aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga suyultirilgan gaz yetkazib berish, rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash, sertifikatlashtirish xizmatlari va boshqalar bor.
Shuningdek, “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlarni birlashtirish orqali:
• davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish hollari va unga nisbatan monopoliyaga qarshi talablarni belgilash;
• tabiiy monopoliya holatini aniqlash bo‘yicha huquqiy instrumentlarni kengaytirish;
• bozordagi ustunlik mavqeini aniqlash mezonlarini takomillashtirish;
• davlat ko‘magi (imtiyoz va preferensiyalar) shakllari va ularni taqdim etishga nisbatan monopoliyaga qarshi talablarni belgilash;
• auksion (birja) savdolarida manipulyatsiyalarning mezonlarini va javobgarlikni kuchaytirish;
• raqobatni cheklash holatlari uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
LiveBarchasi