Antaliyada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari “plyaj” va mehmonxonalarga yetib keldi (video)

Olam

image

Turkiyaning g‘arbiy va janubiy sohillarida so‘nggi ikki kundan beri yuzlab gektar o‘rmonlar yonmoqda. Hatto olov Antaliyaning mashhur turistik hududiga ham yetib borgan. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar bermoqda.  

Yong‘inlar Mug‘la viloyatidagi Bodrum mintaqasida, Didim yaqinidagi Oydin viloyatida, shuningdek Adana, Kayseri hamda Mersinda qayd etilgan. Hozirga qadar 20 ta qishloqdagi aholi evakuatsiya qilinib, 60 dan ortiq odam kuyish va nafas olish muammolari bilan kasalxonaga yotqizilgan, 1 kishi falokat joyida vafot etgan. 

Bundan tashqari, Antaliya va Mug‘laga joylashgan Manavgat va Marmarisda yong‘inlar davom etmoqda. Demiroren agentligining xabar berishicha, Marmarisdagi bir nechta mehmonxonalar yong‘inlar sabab mehmonlarni evakuatsiya qilmoqda

Avvalroq, Turkiyaning Antaliya shahrida yirik o‘rmon yong‘ini boshlangani haqida xabar bergan edik. Hozirga qadar ushbu yong‘in oqibatida 53 kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing