Hibsdagilarga ba’zi kunlar 2 soat sayr qilishga ruxsat berilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi tergov hibsxonalarida ushlab turilgan shaxslarning dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida kamida ikki soat davomida sayr etishiga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda kecha, 18 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunchilik taklifida so‘z boradi.

Ombudsman tomonidan, shuningdek, har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravarigacha (1 271 000 so‘m) bo‘lgan miqdorda pul sarflashi mumkinligini nazarda tutuvchi normalar bilan to‘ldirish taklifi bildirildi.

Shu bilan birga, bayram kunlarida toza havoda qo‘shimcha sayr qilish hamda yaqin qarindoshlari va boshqa shaxslardan kiyishga ruxsat etilgan kiyim-bosh va poyabzal olish huquqlarini berishga oid normalarni kiritish taklif etilyapti.

Qonunchilik takliflarini ishlab chiqishda AQSH, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Germaniya, Kanada va bir qator MDH davlatlarining amaliyoti o‘rganilgani, milliy qonunchilikni qabul qilingan xalqaro mezonlar talablariga uyg‘unlashtirilishi zarurligi aytib o‘tildi.

Majlisda qonunchilik taklifi deputatlar tomonidan ma’qullandi va tegishli qaror qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

hibsdagilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar