Zoyir Mirzayevga yangi maslahatchi tayinlandi
Jamiyat
−
22 avgust 2020 10611 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga yana bir yangi maslahatchi tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qashqadaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Abduraup Abduazizovich Qodirov Tashqi mehnat migratsiya masalalari bo‘yicha viloyat hokimiga maslahatchi lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Abduraup Abduazizovich Qodirov 1961 yil 3 noyabrda Qashqadaryo viloyati Qashri shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi lavozimida ishlab kelgan.
Ahrorbek Hayrullayev
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr