Jizzaxda bosqinchilik va keksa yoshdagi fuqaroning o‘limida gumonlanayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
04 yanvar
12423Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida bosqinchilik jinoyatini sodir etishda gumonlanayotganlar ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 18 noyabr kuni tunda uch nafar noma’lum shaxs Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Oqtom mahallasida yashovchi yetmish yoshli fuqaroning uyiga bostirib kirgan.
U yerdan pul yoki qo‘lga ilingulik biror narsa topolmagach, xonadon egasi va uning turmush o‘rtog‘iga zo‘rlik qilib, boyliklarini qayerda saqlanishini so‘ragan. Bu ham yetmaganday keksa yoshdagi erkak va ayolga og‘ir tan jarohatlari yetkazib, voqea joyidan yashirinishgan.
Oqibatda 70 yoshli erkak va uning xotini G‘allaorol tumani markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay erkak olti kundan so‘ng vafot etgan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida bosqinchilar aniqlangan.
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani Sariboshi va Po‘latchi mahallalarida yashovchi 1991, 1994 va 1998 yillarda tug‘ilgan yigitlar hamda jabrlanuvchi bilan bitta mahallada yashovchi 36 yoshli shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchilar qilmishlarini yashirish maqsadida foydalanilgan niqoblar, qo‘lqoplar va temir bo‘lagini Past Darg‘om tumani Do‘rmonsoy mahallasidan oqib o‘tuvchi kanalga tashlab yuborgan. Shunga qaramay, IIB xodimlari tomonidan ular topilib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilgan.
Bildirilishicha, gumonlanuvchi 4 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v”, “g” bandlari bilan ayblov e’lon qilingan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi